Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasiga marhamat


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasiga marhamat

18.10.2023

Aziz samarqandliklar va shahrimiz mehmonlari!

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasiga marhamat.

Viloyat hokimligining 2023-yil 14-oktyabrdagi № 05-01/98-sonli yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilning 14-24-oktyabr kunlari Samarqand shahridagi "Marmar dehqon bozori" va "Qorasuv" massivida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yarmarkasi oʻtkaziladi.

Ushbu tashkil etilgan yarmarkada viloyatimizda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari va chuqur qayta ishlangan isteʼmol mollari koʻrgazmalari tashkil etiladi.

Barchani yarmarkaga taklif qilamiz!

 

Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi axborot xizmati

Kanalga ulanish????

☑️ @samvetnews