HASHARDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK


HASHARDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK

18.02.2024

Viloyatimizning toza-ozodaligini saqlash hamda yanada obod va orasta bo‘lishini ta’minlash, hududlarimizda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida shu yilning 16, 24 fevral va 1 mart kunlari Samarqandda ommaviy hashar o‘tkazish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida ham hashar avjida. Boshqarma binosining hovlilari supirib tozalanib, daraxtlarning qurib qolgan shoxlari kesilib, taglariga ohak eritmasi bilan ishlov berilmoqda, bino atrofi chiqindilardan tozalanib obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish ????????

https://t.me/samvetuz