Samarqand tumanida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari


Samarqand tumanida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari


Viloyatimizda bugungi kunda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish bo'yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i A.Nurullaev hamda Samarqand tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Sh.Xabibov bilan birgalikda tuman xududida tashkil etilgan "Sharif chorva nasl" qoramolchilik fermer xo'jaligi, baliqchilik yo'nalishidagi "Faril baliqlari" va "Umarbek fayzli"fermer xo'jaliklari hamda parrandachilik buyicha "Shaxzoda baraka Fayz"MCHJ korxonasi, faoliyati o'rganilib monitoring qilindi.

Shuningdek, o'rganishlar yakunida har bir xo'jalik va korxona rahbarlari bilan ochiq muloqot olib borilib kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha boshqarma boshlig'i o'z tavsiyalarini berib o'tdi.