zakovat


zakovat


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi raisining 2024-yil 12-martdagi 29-i/ch-son buyrug'iga asosan, Qo'mita tizim tashkilotlari o'rtasida “Zakovat” intellektual o'yinlarini o'tkazish belgilangan.

Joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahar “Zakovat” arenasida Qo'mita raisi B.Norqobilov va Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullaev ishtirokida “Yoshlar forumi” bo'lib o'tmoqda. Forum doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”, “Zakovat” intellektual o'yinlari, “Veterinariya va chorvachilik sohasiga oid atamalarning izohli lug'ati” taqdimot marosimi va Respublika fan olimpiadalari g'oliblarini taqdirlash marosimlari bo'lib o'tmoqda.

Yuqoridagilarga asosan, Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqamasi hamda boshqarma tizimi xodimlaridan iborat "Samarqand" jamoasi faol ishtirok etishmoqda.

Ayni damda "Zakovat" arenada ishtirok etayotgan "Samarqand" jamoasi azolariga omad va zafarlar tilaymiz.