«O‘zbekistonda uy sharoitida o‘n boshdan ortiq qoramol boqilsagina foyda keltirishi mumkin» — Veterinariya qo‘mitasining germaniyalik konsultanti


«O‘zbekistonda uy sharoitida o‘n boshdan ortiq qoramol boqilsagina foyda keltirishi mumkin» — Veterinariya qo‘mitasining germaniyalik konsultanti

04.11.2021

 

           O‘zbekistonda uy sharoitida uch-to‘rt bosh qoramol boqib daromad olib bo‘lmaydi.  Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlatning ozuqabop ekinlar bo‘yicha xalqaro konsultanti Vilxelm Kruze «Daryo» muxbiriga bergan qisqacha intervyusida ayib o‘tdi.

           Germaniyalik konsultant Vilxelm Kruze bir necha o‘n yildan buyon hayvonlar uchun ozuqabop ekinlarni etishtirish bo‘yicha o‘zbekistonlik fermer xo‘jaliklariga yordam berib keladi.

        Mutaxassisning fikricha, katta fermer xo‘jaliklaridan farqli o‘laroq, uy sharoitida boqilayotgan qoramollarning aksariga etarlicha ozuqa berilmaydi.

     «Katta fermer xo‘jaliklarida chet eldan keltirilgan qoramollar sog‘lom va yaxshi sharoitda saqlanadi. Lekin oilaviy dehqonchilik xo‘jaliklarida qoramollar yomon ahvolda boqilayotganiga ko‘p guvoh bo‘laman. Masalan, bir dona qoramolni tashqariga olib chiqib, qoziqqa bog‘lab qo‘yiladi va u qoziq atofida bir sutka davomida aylanib yuraveradi. Va bunga, albatta, ozuqa mahsulotlarini etishtirishdagi qiyinchiliklar ham sabab bo‘lmoqda. Mutaxassis sifatida kichik dehqon xo‘jaliklariga ozuqa sifatida yanchilgan makkajo‘xori, beda va xashaki lavlagi etishtirishni tavsiya qilaman», — dedi Vilxelm Kruze.

     Germaniyalik konsultantning ta’kidlashicha, yaqin istiqbolda ham, uzoq istiqbolda ham uch-to‘rt bosh qoramol boquvchi dehqonchilik xo‘jaliklarining rivojlanishi juda qiyin.

        «Istiqboli yo‘q, deb aytolmayman. Juda qiyin. CHunki Evropada ham 50 yil avval 10-15 bosh qoramoli bor xo‘jaliklar ko‘p edi. Keyinchalik 200 bosh qoramoli bor xo‘jaliklar saqlanib qoldi. Lekin ular ham sekin-asta inqirozga uchradi. Hozir esa ming bosh qoramoldan kam bo‘lgan xo‘jaliklar foyda keltirmayapti. Bolaligimda 20 bosh qoramolimiz bor edi. O‘tgan asrning 70 yillariga kelib qoramollarimiz soni 40 bosh bo‘ldi. Hozirda bir oilada kamida 200 bosh qoramol boqiladi. YAna aytishim kerakki, biz Evropa Ittifoqida qaytarib bermaslik sharti bilan har bir gektar ozuqa maydoni uchun 200-300 evrogacha mablag‘ olamiz. O‘zbekistonda ham kelajakda kamida o‘n bosh yoki undan ko‘p qoramoldan iborat dehqonchilik xo‘jaligi yashab ketishi mumkin», — dedi mutaxassis.

      Uning qo‘shimcha qilishicha, ozuqa etishmovchiligidan tashqari qoramol boqish uchun bino qurish va qoramollarga sifatli veterinariya xizmatini ko‘rsatib borish ham qimmat turadi.

       Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda aholi qaramog‘ida jami 12 million bosh qoramol boqiladi. SHundan 4 million 431 ming 500 bosh sog‘in sigirni tashkil etadi.