Ishtixon tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida amaliy seminar tashkil etildi


Ishtixon tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida amaliy seminar tashkil  etildi

26.10.2022

   Ishtixon tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida hududda epizootik  barqarorlikni taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar mavzusiga doir amaliy seminar  tashkil etildi.

   Unda Veterinariya va  chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi maʼsul xodimlari, tuman veterinariya mutaxassislari ishtirok etishdi.

   Tadbirda veterinariya va chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududda epizootik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tashkil etilayotgan “maxallabay” emlash ishlarining bugungi holati muhokama qilindi.

   Shuningdek, seminar davomida kasalliklarga qarshi kurash, invazion va parazit kasalliklarga tezkor tashxis qoʻyish, davolash va ularning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlar kabi muhim masalalarga toʻxtalib oʻtildi.

    Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati