News


News


 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A.Akbarov va Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi A.Nurillayev hamrohligida Xalqaro epizootik byurosi bosh shtabi Hududlar bilan ishlash departamenti rahbari  Neo Joel Mapitse, Xalqaro epizootik byurosi Yevropa hududi rahbari Budimir Plavshich, Xalqaro epizootik byurosi Markaziy Osiyo hududi ofisi rahbari Mereke Tashtubayevlar universitetimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitet rektori, professor X.Yunusov ishtirokida universitet hayoti va veterinariya klinikasi bilan yaqindan tanishib, vivariyda parvarishlanayotgan hayvon turlarini koʻzdan kechirdi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.