Agrotavsiya


Agrotavsiya


Qishda qo‘ylarni qanday oziqlantirish zarur

Qo‘ylar qanday zotga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar qishda ularni qo‘shimcha ravishda oziqlantirish talab qilinadi, ayniqsa qo‘zilatish mavsumida homilador va yangi tuqqan qo‘ylarni alohida oziqlantirish muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Ular yil bo‘yi yaylovda boqilib, ular qo‘shimcha ravishda oziqlantirilmasa, mahsuldorligi pasayadi, qo‘zilari nimjon bo‘lib tug‘iladi, ulardan olinadigan jun miqdori ham ancha kamayadi. 

Qish davrida, ayniqsa, sovliqlarni qo‘zilatish mavsumida bo‘g‘oz qo‘ylarga tug‘ishidan bir oy oldin, tuqqandan keyin esa ikki oy davomida alohida parvarishni talab etadi. 

Qishning qorli-qirovli davrida qo‘ylarni ertalab konsentrat ozuqalar bilan bir bosh hisobiga o‘rtacha 0,3 kg, kechqurun esa, pichanlar bilan 1,2 kg va tabiiy o‘tlar pichani bilan 1,1 kg, ya’ni 1,15-1,20 ozuqa birligida oziqlantirish yaxshi natija berаdi.

 

Kanalga ulanish

 @samvetuz