Mamlakatimizda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan iyun oyi an’anaviy tarzda “Yoshlar oyligi” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Shuningdek, barcha hududlarda “Yoshlar festivali” yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Men bugun veterinariya va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarimizni, qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman.
Soha ravnaqi uchun chin yurakdan, astoydil vazifalarini ado etayotgan yosh mutaxassislarimizga ulkan shijoat tilayman!
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
Alisher Nurullayev,
Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i