Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Z. Amonov rahbarligida viloyat boshqarma apparati mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullar tomonidan axborotlar tinglandi. Shuningdek, tuman va shahar veterinariya bo‘limlari tomonidan olib borilayotgan faoliyat tahlil qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi.
Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.