Samarqand tumanida profilaktik emlash va yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish bo'yicha aholi xonadonlarida profilaktik emlash tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand tumani Veterinariya yа chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari tomonidan tumanning Saxovat, Xishrav, Arabxona, va boshqa maxallalarda qishloq xo'jalik hayvonlari orasida turli xil yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik emlash ishlari olib borishmoqda ayniqsa quturish va boshqa zooantroponoz kasaliklar to'g'risida aholi fuqarolar orasida tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilyapti.
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati