8-mart


8-mart


Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda boshqarma boshlig‘i A.Nurullayev tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha ayollarni, munis opa-singillarni ushbu bayram bilan muborakbod etdi hamda ayollarga estalik sovg‘alari topshirildi. 

  Shuningdek, go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, barcha sohalarda faolligi, jumladan veterinariya va chorvachilik sohalari rivojiga ham ulkan hissa qo‘shayotgani alohida taʼkidlandi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ AYOLLAR, MUHTARAM OPA-SINGILLAR!