Hurmatli vatandoshlar, barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklayman!
Bugungi sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, xususan, viloyatimizda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib, soha rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan, bir-biridan ilmli va Vatan ravnaqi yoʻliga tinmay xizmat qilib kelayotgan sadoqatli shogirdlar yetishtirgan, ayni paytda nafaqat farzandlarining, balki yurtdoshlarimizning eʼzoz-u eʼtiborida boʻlgan fidoyi faxriylarimizni va sohamizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy tabriklayman!
Barchangizga tan sihatlik, uzoq umr, xonadonlaringizdan baxt-omad, qut-baraka arimasligini tilayman. Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Nurullayev