#VETERINARIYA_RAMZI


#VETERINARIYA_RAMZI

15.01.2025

BUGUN – 15 YANVAR, VETERINARIYA RAMZI QABUL QILINGAN KUN

O‘zbekiston Respublikasi veterinariya ramzi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, milliy va halqaro qarashlar uyg‘unlashtirilgan.

Veterinariya ramzida, turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklar yo‘liga qo‘yilgan qalqon ma’nosida katta va kichik qalqonlar aks etgan bo‘lib, ularni “maqsadimiz kasalliklardan holi muhit yaratish” ramziy ma’nosi va veterinarlarning jipsligi timsolidagi milliy an’analarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan sakkiz burchak ajratib turadi.

Kichik qalqon ichida, ya’ni ramzning markazida veterinariya meditsinasi belgisi sifatida igna, ilon va lotincha “V” harfi birgalikda (bir birining ustida) aks etadi.

Ramzning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O’zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.