Yaxshilik qil, bog' yarat...
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida minglab ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Shu jumladan, tumanimizda ham mazkur loyiha ijrosini ta’minlash maqsadida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Narpay tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shmoqda. Bo‘lim tomonidan maxsus ajratilgan yerga 1600 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekilib, parvarish ostiga olindi.
Hududlarda jarayon qizg'in davom etmoqda...
Hurmatli tumandoshlar, o‘zingiz yashab turgan mahalla, qishloq, ko‘cha hamda xonadonni chinakamiga yashil hududga aylantirish ishlariga befarq bo‘lmang!