Aberdin-angus qoramol zoti


Aberdin-angus qoramol zoti

05.08.2024

Aberdin-angus qoramol zoti-XVII asrda Shotlandiyaning Aberdin va Angus grafliklarida yetishtirilgan qadimgi buqa zoti. XIX asrning ohirlarida anguslar AQShning Kanzas shtatiga olib kelingan va shu yerda ularning zoti yaxshilangan.

Aberdin-angus buqasi qora rangi va  ixcham o‘lchamlarga ega – mollarning yag‘rini  ba’zida 118 sm gacha bo‘ladi. 

Yangi tug‘ilgan buzoq jinsiga qarab 22-28 kg cha bo‘ladi. Buzoqchalar soat sayin o‘sishadi. Bir sutkada 1kg, ba’zida ko‘proq vazn olishadi. Katta mollar: sigirlar 550 kg gacha, buqalar 950 kg gacha vaznga ega bo‘lishadi. Bo‘rdoqiga qo‘yilgan buqaning vazni 1 tonnagacha yetishi mumkin.

Anguslarning skeleti yupqa va yengil. Shuning uchun bitta so‘yilgan hayvondan 70% gacha mahsulot olish mumkin. 

Ularning marmar go‘shti – yupqa tolali, to‘g‘ri taqsimlangan yo‘g‘ qatlamli, mayin, xushbo‘y va ajoyib ta’mli go‘sht hisoblanadi.

Kanalga ulanish

 @samvetuz