Bayram tadbiri


Bayram tadbiri

17.11.2023

Bayrog'imiz - faxru g'ururimiz

Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida boshqarmaning barcha apparat xodimlari ishtirokida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i o'rinbosari N.Sharipov so‘zga chiqib,  Respublikamiz davlat bayrog‘ining xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib kelayotganligi hamda bayrog‘imiz butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassaam etganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Samarqand viloyati Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish????

☑️ @samvetnews