Chorvachilik bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.


Chorvachilik bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.


Payariq tumanida bugungi kunda chorvachilik bo'yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Bugun viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i A.Nurullaev hamda Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Sh.Baxriev bilan birgalikda tuman xududida faoliyat olib borayotgan "Sutello" hamda "Grant monolit" chorvachilik fermer xo'jaliklari faoliyati o'rganilib monitoring qilindi.

Shuningdek, o'rganishlar yakunida har bir xo'jalik rahbarlari bilan ochiq muloqot olib borilib kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha boshqarma boshlig'i o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

Ma'lumot uchun hozirda "Sutello" chorvachilik fermer xo'jaligida Aberdin-Angus zotli buqalar chetdan olib kelinib, parvarish qilinmoqda.