O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-285-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etish” bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Narpay tumanida yuqoridagi vazifalarni o‘z vaqtida samarali ijro etishni ta‘minlash maqsadida ma’sul xodimi aholi va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Bundan ko'zlangan maqsad hayvonlarning ko‘payishi (ko‘paytirilishi) va harakati, shuningdek, hayvonlarda uchraydigan kasalliklarga qarshi profilaktika, tashxis qo‘yish va davolash ishlarida hayvonlarni kuzatish va ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarida so‘yishga bo‘lgan ortiqcha talablarni bekor qilishdan iborat.