Kattaqoʻrgʻon tumanida kuzgi emlash tadbirlari “maxallabay” oʻrganilmoqda.


Kattaqoʻrgʻon tumanida kuzgi emlash tadbirlari “maxallabay” oʻrganilmoqda.


    Bugun viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi  ishchi-guruxi boshqarma boshligʻi rahbarligida Kattaqoʻrgʻon tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida veterinariya mutaxassislari ishtirokida amaliy  yigʻilish boʻlib oʻtdi.  

   Yigʻilishda boshqarma boshligʻi A.Nurullayev soʻzga chiqib Kattaqoʻrgʻon tuman veterinariya uchastka mutaxassislari tomonidan maxalla va qishloqlarda kuzgi emlash tadbirlarining olib borilishi hamda Epizootik holatni “maxallabay”, yurib koʻzdan kechirish boʻyicha viloyat ishchi-guruhiga koʻrsatma va topshiriqlar berib oʻtdi.

   Shuningdek, boshqarma boshligʻi shaxsan tuman xududida faoliyat olib borayotgan veterinariya uchastka xodimlarini “maxallabay” yurib ish faoliyatini oʻrganmoqda.

Samarqand viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati