Nazorat


Nazorat


OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI DOIMIY NAZORATDA

Narpay tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi va tashxis markazi xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasida “Mirbozor bozori” MCHJ bozorida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Bu kabi tadbirlarda mutaxassislar sotuvdagi oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlarining istʼemolga yaroqliligini tekshirish maqsadida sifat nazoratidan o‘tkazishyapti. 

Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga muntazam ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.