Orenburg echki zoti


Orenburg echki zoti

19.04.2024

Orenburg echki zoti – tivit (jun) yo‘nalishidagi echki zoti. Orenburg echki zoti mahalliy tivitli echkilarni uzoq vaqt tanlab chatishtirish yo‘li bilan chiqarilgan.

????Tana tuzilishi baquvvat. Shoxlari uzun. Serkalari o‘rtacha 65–70 kg, urg‘ochilari 45–47 kg keladi. Qirqib olinadigan jun chiqimi 0,3–0,4 kg. Juni tivit (35%, uzunligi 5–6 sm, ingichkaligi 14–16 mkm) va qil (65%, uzunligi 7–9 sm, ingichkaligi 80–90 mkm) dan iborat. Tiviti qoramtir-kulrang. Oq ranglisi kam uchraydi. Tarab olinadigan tivit chiqimi 0,2–0,3 kg dan 0,5 kg gacha.

????Tiviti butun dunyoga mashhur. Undan issiq Orenburg ro‘mollari tayyorlanadi. Sog‘im davrida 90–120 kg sut beradi, yog‘liligi 4,8–5%. 100 ta ona echkidan 125–140 ta uloq olinadi. Bu echki Orenburg, Chelyabinsk viloyatlarida, Boshqirdistonda va Qozog‘istonning ayrim joylarida boqiladi.