Urgut tumanida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi o‘rganildi
Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ishchi guruhi boshqarma boshlig‘i A.Nurullayev hamda boshqarmaning Hayvonlar sog‘ligini himoya qilish sho‘basi mudiri X.Umarovlar boshchiligida, Urgut tumanida, tumanning barcha veterinariya rahbar-xodimlari ishtirokida yig'ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda viloyat ishchi guruhi tomonidan xududlarda profilaktik emlash (epizootik) tadbirlarining olib borilishi, chorvachilikda amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi o'rganildi.
Yig'ilish so'nggida Ibrat Ziyoyev, boshqarma boshlig'ining tegishli buyrug'iga asosan, Urgut tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i sifatida ishtirokchilarga ta'nishtirildi.