Nurobod tumani veterinariya bo‘limida ommaviy axborot vositalari xodimlari va soha xodimlari ishtirokida yirik shoxli qoramollarni sun’iy urug‘lantirish mavzusida press-tur o‘tkazildi.
Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yusuf Ro‘ziyev ning so‘zlariga ko‘ra:
“Bugungi kunda Nurobod tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida sun’iy urug‘lantirish ishlarini tashkil etish uchun 13 ta veterinariya punkti hamda jamoat ishlaridan jalb qilingan 8 ta texnik oseminatorlar mavjud.
Bularning hammasi sun’iy urug‘lantirish asbob uskunalari bilan ta’minlangan.
Joriy 2024-yil davomida naslli buqa urug‘idan 6715 doza urug‘ olingan.
Yil boshidan shu kunga qadar 4400 bosh sigirlar sun’iy urug‘lantirilgan.
Aholining yirik shoxli qoramollarni sun’iy urug‘lantirish masalasidagi murojaatlari uchun 93 232-99-69 ishonch telefonimiz muntazam xizmat ko‘rsatib kelmoqda”.
Yakunda press-tur ishtirokchilarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo‘llangan savollarga Yusuf Ro‘ziyev tomonidan batafsil javoblar berildi.