Ushbu ot zoti sobiq Ittifoqda eng ko‘p tarqalgan zot bo‘lib, u mahalliy otlar zotini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Orlov yo‘rtoqi zoti mamlakatning hamma joylarida muvaffaqiyatli urchitilmoqda.
Bu zot ham ishchi, ham sport oti sifatida keng tarqalgan. Uning baland bo‘yi, pishiq tuzilishi, tekis harakati va katta tortish kuchiga ega ekanligi keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Orlov zotining kelib chiqishi A.G. Orlov-Chesmenskiy va uning shogirdlari I.N. Kabanov, V.I. Shishkin nomi bilan bog‘liqdir.
Tusi oqimtir, kulrang, qora, to‘riq, malla. Zavod ayg‘irlarining o‘rtacha o‘lchamlari: yag‘rini balandligi 162 sm, tanasining qiya uzunligi 163 sm, ko‘krak aylanasi 183 sm, pocha aylanasi 20,6 sm. Tirik vazni 500–550 kg.