Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi rahbar va xodimlari ishtirokida viloyat prokuraturasi 11.1 boʻlimi katta prokurori R.Mirzaev tomonidan “Korrupsiyasiz-kelajak sari” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda, tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, ushbu sohada har qanday korrupsion holatlarning oldini olish boʻyicha tegishli tashkilot rahbarlariga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.