O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-285-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etish” bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagi vazifalarni o‘z vaqtida samarali ijro etishni ta‘minlash maqsadida bugun Toyloq tumanida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, rо‘yxatga olish va kuzatish markazi ma’sul xodimi ishtirokida har bir tumanda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etish hamda hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamda Toyloq tumani veterinariya bo'limi ma'sul xodimlari ishtirok etishdi.