Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda xodimlar ishtirok etib, davlat ramzlarining yuksak qadri, ularning tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Bayram dasturi doirasida Davlat bayrog‘ining qabul qilinishi, unda mujassam bo‘lgan ranglar, ramzlar va ularning ma’nosi yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbir davomida yosh xodimlar o‘rtasida Vatanga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, davlat ramzlariga nisbatan e’tiborni yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbir yakunida xodimlar davlat ramzlarini ulug‘lash, ularni amaliy faoliyatda hurmat bilan qo‘llash borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.