amaliy dars soati


amaliy dars soati


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasining 2024-yil 28-fevraldagi 25-i/ch sonli buyrug'iga asosan Veterinariya meditsinasi va Zootexniya ta'lim yo'nalishi ta'labalariga reja-grafikga asosan darslar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagi reja-grafikga asosan bugun Samarqand shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida bo'limning Hayvonlar sog'ligini himoya qilish bo'yicha mutaxassislari tomonidan ta'labalarga "Hayvonlarda quturish kasalligi oqibatlari va uni oldini olish choralari, kuydirgi va oqsil kasalliklarining oldini olishda ishlab chiqarishda olib boriladigan chora-tadbirlar" mavzusida navbatdagi amaliy dars soati o'tkazilmoqda.

O'tkazilgan amaliy o'quv dars soati davomida bo'lim mutaxassislari tomonidan ta'labalarga mavzu yuzasidan batafsil tushuncha va ma'lumotlar berilmoqda.