Qoramol zoti


Qoramol zoti


Istoben qoramol zoti

 Ushbu zot sut yo‘nalishidagi qoramol bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyatining mahalliy mollari ko‘p yillik saralash va ularni xolmogor, shvits, yaroslavl va golland zotlari bilan chatishtirib yaxshilash yo‘li bilan yetishtirilgan.

Tusi qora, qora-ola, qizil va qizil-ola. Ko‘pincha orqasi oq bo‘ladi.

Vazni 650–720 kilogramgacha yetib, yiliga 3000–3500 litrdan 8000-8300 litrgacha sut beradi. Sutining yog‘liligi 4,1–4,2%, ba’zi bir sigirlarniki 5% gacha boradi.