???? Bugun Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining ma'naviyat xonasida boshqarma mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat xizmatchilari uchun doimiy ravishda tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” bo'lib o'tmoqda.
Ushbu haftaning xar juma kuni tashkil etib kelinayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati"da boshqarma xodimlari doimiy ravishda faol ishtirok etib kelishmoqda.
???? O‘quv soati davomida Yurtimiz va xorijdagi muhim jarayonlar haqida va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yoritib boriladi. Shuningdek davlat xizmatchilarining shaxsiy rivojlanishlari uchun “Bir chimdim maʼnaviyat" rukni ostida turli maʼnaviy qisqa video lavhalar namoyish etilmoqda.
Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi axborot xizmati