"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.



31.08.2022

Bugun viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga bag'ishlangan "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i rahbarligida apparati xodimlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda mas'ullari so'zga chiqishib, Prezidentimizning yuqoridagi farmon va qarorlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida belgilab berilgan vazifalar haqida ma'ruza qilishdi. Jamiyatimizda korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish zarurligi ta'kidlab o'tildi. Tadbir yakunida xodimlarga ushbu mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi.