SIGIRLАRDАN BUZOQ OLIShNI KOʼPАYTIRISh OMILLАRI


SIGIRLАRDАN BUZOQ OLIShNI KOʼPАYTIRISh OMILLАRI

26.06.2023

Ilmiy va amaliy tajribalar natijalariga koʼra, sigirlar tuqqandan keyin bir oy vaqt oʼtgach qochirilsa, har 100 bosh sigirdan 110 boshgacha, ikki oylik vaqtida qochirilsa – 103 gagacha, 80 kunda 97 bosh, 100 kungacha qochirilganda – 91 ta, 120 kunda qochirilganda – 85 ta sogʼlom buzoq olish mumkin.

Sigirlarni 30 foizgacha kuyga kelish muddati 6 soatga toʼgʼri keladi, 22 foiz sigirlarni kuyga kelish davri kechki paytda, yaʼni soat 18 dan ertalab soat 6 gacha toʼgʼri keladi. Buzoq olishni koʼpaytirish uchun mutaxassis sigirlarni kuyga kelishini kunda 2-3 marotaba koʼzdan kechirishi maqsadga muvofiqdir. Аgar sigirlarning kuyga kelish holati kunda 1 marta kuzatilsa unda 40 %gacha sigirlarni kuyga kelish holati yoʼq boʼladi, demak yil yakunida har 100 bosh sigirdan 8-10 bosh buzoq olinmasligi qayd qilinadi.